Yangi O‘zbekiston, yangi amaldor va yap-yangi mashinalar. Mirziyoyevning hashamatga o‘ch mulozimlari

 

Ўзбекистон парламенти илк бор бюджет тачиллиги манзарасида айрим окимлик, вазирлик ва идораларнинг имматбао автомобиллар харид илиш учун миллионлаб маблалар сарфлаётганига эътибор аратди. Ўзбекистон укумати 2021 йилдан бошлаб давлат идоралари рабарларига бириктирилган хизмат автомобилларининг максимал нархини тасдилаган бўлса-да, вазирлар ва окимлар бюджет исобидан энг замонавий ва люкс автомобиллардан воз кечишга шошилмаётир. Амалдорларнинг бюджет исобидан фаровон аёт кечириши янгилик эмас, аммо кузатувчиларга кўра, Мирзиёев даврига келиб расман "дахлсизлик" маоми берилган окимлар ва боша мулозимлар ашаматли аётини жамоатчилик кўзидан яширмай ўйгани кузатилади. укуматдан мустаил бўлмаган парламент эса ижро окимиятини исобдорликка тортадиган удратга эга эмас. Ozodlik kanaliga obuna bo'ling!
Bizga xabar yo'llash uchun
O‘zbekiston parlamenti ilk bor byudjet taqchilligi manzarasida ayrim hokimlik, vazirlik va idoralarning qimmatbaho avtomobillar xarid qilish uchun millionlab mablag‘lar sarflayotganiga e’tibor qaratdi. O‘zbekiston hukumati 2021-yildan boshlab davlat idoralari rahbarlariga biriktirilgan xizmat avtomobillarining maksimal narxini tasdiqlagan bo‘lsa-da, vazirlar va hokimlar byudjet hisobidan eng zamonaviy va lyuks avtomobillardan voz kechishga shoshilmayotir. Amaldorlarning byudjet hisobidan farovon hayot kechirishi yangilik emas, ammo kuzatuvchilarga ko‘ra, Mirziyoyev davriga kelib rasman "daxlsizlik" maqomi berilgan hokimlar va boshqa mulozimlar hashamatli hayotini jamoatchilik ko‘zidan yashirmay qo‘ygani kuzatiladi. Hukumatdan mustaqil bo‘lmagan parlament esa ijro hokimiyatini hisobdorlikka tortadigan qudratga ega emas. #ozodlik #uzbekistan #tashkent #yangiliklar #shavkatmirziyoyev #hokim