Ўзбекистонда кластердан пулини ололмаётган фермер хўжаликлари сони кўпайиб бормода. Гарчи фермерларнинг кластерлардан юз миллионлаб сўм адорлиги бўлса-да, лекин топширган пахтаси ёки будойи учун ўшимча иймат солиини топширолмаган фермерларнинг шахсий мулки суд арорига биноан тортиб олинмода ва Мажбурий ижро бюролари уларни аукционларга ўйиб сотиб юбормода. Самаранд вилояти, Пайари туманидаги “УЗЗ Умиджон” фермер хўжалиги рабари Наргиза Убайдуллаевага кластер 185 миллион сўмини тўлаб бермаган. Аммо ўшимча иймат солиини тўламагани учун унинг Дамас автомобилини МИБ аукционда сотиб юборган. ашадарё вилоят, амаши туманидан бўлган фермер Дилмурод Бердиевнинг ам кластерда 131 миллион сўм пули бор, аммо у пулини олиб солиа тўлай олмайди. Оибатда эса соли арзни ундириб олиш учун аракатни тадбиркорнинг хусусий мулкига аратган. Ўзбекистонда кластерлар тўрисида онун йў. Улар фермерларни мааллий окимлар зууми остида истаган кўйга солмода. Холаса пулини беради, холамаса йў. Фермерлар оиласи, уларнинг минглаб ишчилари ам маошсиз, озонни сувга ташлаб ўйган. Фермерлар уюшиб укуматга арз илиб боришга эса ўради. Мааллий окимларнинг уларга нисбатан бўладиган зуумидан ўради. Шунинг учун ам, уларнинг арзу доди туманларидан нарига чимайди. Ozodlik kanaliga obuna bo'ling!
Bizga xabar yo'llash uchun
O‘zbekistonda klasterdan pulini ololmayotgan fermer xo‘jaliklari soni ko‘payib bormoqda. Garchi fermerlarning klasterlardan yuz millionlab so‘m haqdorligi bo‘lsa-da, lekin topshirgan paxtasi yoki bug‘doyi uchun qo‘shimcha qiymat solig‘ini topshirolmagan fermerlarning shaxsiy mulki sud qaroriga binoan tortib olinmoqda va Majburiy ijro byurolari ularni auksionlarga qo‘yib sotib yubormoqda. Samarqand viloyati, Payariq tumanidagi “UZZ Umidjon” fermer xo‘jaligi rahbari Nargiza Ubaydullayevaga klaster 185 million so‘mini to‘lab bermagan. Ammo qo‘shimcha qiymat solig‘ini to‘lamagani uchun uning Damas avtomobilini MIB auksionda sotib yuborgan. Qashqadaryo viloyat, Qamashi tumanidan bo‘lgan fermer Dilmurod Berdiyevning ham klasterda 131 million so‘m puli bor, ammo u pulini olib soliqqa to‘lay olmaydi. Oqibatda esa soliq qarzni undirib olish uchun harakatni tadbirkorning xususiy mulkiga qaratgan. O‘zbekistonda klasterlar to‘g‘risida Qonun yo‘q. Ular fermerlarni mahalliy hokimlar zug‘umi ostida istagan ko‘yga solmoqda. Xohlasa pulini beradi, xohlamasa yo‘q. Fermerlar oilasi, ularning minglab ishchilari ham maoshsiz, qozonni suvga tashlab qo‘ygan. Fermerlar uyushib hukumatga arz qilib borishga esa qo‘rqadi. Mahalliy hokimlarning ularga nisbatan bo‘ladigan zug‘umidan qo‘rqadi. Shuning uchun ham, ularning arzu dodi tumanlaridan nariga chiqmaydi. #ozodlik #uzbekistan #tashkent #yangiliklar #fermer #tadbirkor #klaster #mirziyoyev #shavkatmirziyoyev