OZODNEWS - MAXSUS: “Quvasoysement”ning yangi egasi kim? Shodmonov bizneslari egasi o‘zgarmoqda

 

арийб беш ой аввал Дубайда ибсга олиниб, жорий йил бошида Тошкентга экстрадиция илинган, озирда ибсда олаётган Улубек Шодмоновнинг United Cement Group (UCG) ширкатига тегишли “Кварц” заводи давлат ихтиёрига айтарилган. Шунингдек, UCGга арашли “увасойцемент” заводининг ам эгаси алмашгани айтилмода. Тошкентдаги норасмий “Офис” билан боли суриштирувларда номи ўртага чиан Улубек Шодмонов президентнинг кенжа куёви Отабек Умаров атрофидаги муим шахс деб ишонилади. укумат ва уу-тартибот идораларидаги манбалар Шодмоновни Умаровнинг молиявий чўнтаги бўлганини иддао илишган. Шодмоновга расмийлаштирилган активларнинг аиий эгаси Умаров экани айтилади. Аммо Шодмоновнинг Америкадаги адвокатлари бу иддаоларни атъиян рад этадилар. Манбалар иддаосича, Улубек Шодмонов ибсга олингач, Отабек Умаров ўзининг активларини Шодмоновдан олиб, Озодлик суриштирувларида номи янграган боша бир шахс номига ўтказмода. Ozodlik kanaliga obuna bo'ling!
Bizga xabar yo'llash uchun
Qariyb besh oy avval Dubayda hibsga olinib, joriy yil boshida Toshkentga ekstraditsiya qilingan, hozirda hibsda qolayotgan Ulug‘bek Shodmonovning United Cement Group (UCG) shirkatiga tegishli “Kvars” zavodi davlat ixtiyoriga qaytarilgan. Shuningdek, UCGga qarashli “Quvasoysement” zavodining ham egasi almashgani aytilmoqda. Toshkentdagi norasmiy “Ofis” bilan bog‘liq surishtiruvlarda nomi o‘rtaga chiqqan Ulug‘bek Shodmonov prezidentning kenja kuyovi Otabek Umarov atrofidagi muhim shaxs deb ishoniladi. Hukumat va huquq-tartibot idoralaridagi manbalar Shodmonovni Umarovning moliyaviy cho‘ntagi bo‘lganini iddao qilishgan. Shodmonovga rasmiylashtirilgan aktivlarning haqiqiy egasi Umarov ekani aytiladi. Ammo Shodmonovning Amerikadagi advokatlari bu iddaolarni qat’iyan rad etadilar. Manbalar iddaosicha, Ulug‘bek Shodmonov hibsga olingach, Otabek Umarov o‘zining aktivlarini Shodmonovdan olib, Ozodlik surishtiruvlarida nomi yangragan boshqa bir shaxs nomiga o‘tkazmoqda. #ozodlik #uzbekistan #tashkent #yangiliklar #saidamirziyoyeva #shavkatmirziyoyev #komilallamjonov #suiqasd #otabekumarov #surishtiruv #ozodliksurishtiruvi #ramzankadyrov #ofis #shadmanov