Elyor To’ytepalik talaba yigit. U kontraktini to’lash uchun pul topolmay, noiloj mashina yuvish shaxobchasiga ishga joylashadi. Bu yoqda esa, shaharning badavlat tadbirkorlaridan biri Аnvarbek akaning qizi Go’zal juda ham qaysar bo’lib, hamma kelgan sovchilarni rad qilayotgan edi. Аnvarbek aka uni do’sti Shoxruh akaning o’g’li Ravshanbekka uzatmoqchi bo’ladi. Аmmo, Ravshanbek bilan uchrashuvga chiqqan Go’zal u bilan tortishib, ochiqchasiga rad etib qaytadi. Bundan jahli chiqqan Аnvarbek aka Go’zalni qanday tarbiyalashni bilmay boshi qotadi. Go’zal bir kuni mashinasini yuvdirish uchun, tasodifan Elyor ishlayotgan shahobchaga boradi va u bilan urishib ketadi. Jahl ustida Go’zalning shapaloq tushirganiga chidolmagan Elyor, uning ustidan mag’zava to’la chelakni ag’darib yuboradi. Go’zal yig’lab otasiga shikoyat qiladi. Аnvarbek aka esa, qizi bilan urishishga jur’at qilgan yigit bilan shaxsan gaplashish uchun Elyorning yoniga keladi. Uni Elyorga alohida taklifi bor edi. Аnvarbek aka Elyorga qanday taklif beradi? Elyor bu taklifga rozi bo’ladimi? Go’zalni oldinda nimalar kutyapti? Ssenariy muallifi: Evgeniya Palehova, Bahrom Yoqubov Postanovkachi-rejisser: Bahrom Yoqubov Postanovkachi-operator: Umid Malikov Postanovkachi-rassom: Mirali Mahmudov Bastakor: Ubaydullo Karimov Rollarda: Adiz Rajabov, Diana Yagofarova, Murod Rajabov, Ra'no Yarasheva, Tohir Saidov, Zuhra Ashurova, Rihsitilla Abdullaev, Dilmurod Qambarov, Ubaydullo Omon RizaNova ilovasini yuklab oling @
Obuna bo'ling @ / rizanovauz RizaNova @ Instagram / rizanovauz RizaNova @ Telegram