Mahkum ozaydi, mahbus va jinoyatchi ko‘paydi

 

Ўзбекистонлик юрист ва инсон уулари имоячилари Шавкат Мирзиёевнинг жазони либераллаштириш сиёсати оибатларидан хавотир изор илмода. Расмий раамларга кўра, айни кунларда Ўзбекистон амохоналарида 26 мингдан зиёд макум саланмода. Бу Ислом Каримов давридаги раамдан икки баробар кам. Шавкат Мирзиёев окимиятга келгач, биринчилардан бўлиб бошлаган жазони либераллаштириш сиёсати ортидан амо жазосини тайинлаш ўрнига енгил жазо турларини ўллаш ва амодан шартли равишда озод илиш ортди. Бундан ташари, мавжуд амохоналар молиявий таъминоти ам исариб бораётгани, укуматни макумларни озайтириш ва жазони ижро этиш тизимидаги хизматлар, бўлинмаларни пуллик илишга ундаётгани айтилмода. Аммо, юристларга кўра, амодан чиан соби макумларни тинч аётга адаптация илувчи, алоини тузатувчи ёки айта жиноятчига айланишинг олдини олувчи механизмлар йў. Аксинча, жиноятчилардан жабрланганлар аи тўлиича тикланмай олиши ва шу тариа, ижтимоий адолатсизликнинг кучайиши - криминалларни яна жиноятга айтармода. Ozodlik kanaliga obuna bo'ling!
Bizga xabar yo'llash uchun
O‘zbekistonlik yurist va inson huquqlari himoyachilari Shavkat Mirziyoyevning jazoni liberallashtirish siyosati oqibatlaridan xavotir izhor qilmoqda. Rasmiy raqamlarga ko‘ra, ayni kunlarda O‘zbekiston qamoqxonalarida 26 mingdan ziyod mahkum saqlanmoqda. Bu Islom Karimov davridagi raqamdan ikki barobar kam. Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelgach, birinchilardan bo‘lib boshlagan jazoni liberallashtirish siyosati ortidan qamoq jazosini tayinlash o‘rniga yengil jazo turlarini qo‘llash va qamoqdan shartli ravishda ozod qilish ortdi. Bundan tashqari, mavjud qamoqxonalar moliyaviy ta’minoti ham qisqarib borayotgani, hukumatni mahkumlarni ozaytirish va jazoni ijro etish tizimidagi xizmatlar, bo‘linmalarni pullik qilishga undayotgani aytilmoqda. Ammo, yuristlarga ko‘ra, qamoqdan chiqqan sobiq mahkumlarni tinch hayotga adaptatsiya qiluvchi, ahloqini tuzatuvchi yoki qayta jinoyatchiga aylanishing oldini oluvchi mexanizmlar yo‘q. Aksincha, jinoyatchilardan jabrlanganlar haqqi to‘lig‘icha tiklanmay qolishi va shu tariqa, ijtimoiy adolatsizlikning kuchayishi - kriminallarni yana jinoyatga qaytarmoqda. #ozodlik #uzbekistan #tashkent #yangiliklar #uzbek #shavkatmirziyoyev