Президент Мирзиёевнинг Ўзбекистонда “Диний концепция”ни белгилаб берувчи онунни имзолаши кутилмода. Диний эркинликларни кенгайтириш ваъдаси билан окимиятга келган ва Каримов даврида амоа ташланган диний макумларни озодликка чиаргани учун олишланган Мирзиёев учун диний эркинликлар - сиёсий легитимлик масаласи амдир. Мирзиёев диний соада онунчиликни бир адар ўзгартирди, аммо давлатнинг дин устидан атъий назорати саланиб олди. Рўмол ва соолга чекловлар, Исломнинг расман рухсат этилган ўзанидан ташаридаги мусулмонларга босимлар сўнгги пайтларда янада кучайгани кузатилмода. Диний таълимга ануз эркинлик берилмади. Конституция ва онунда диний эркинликлар кафолатланган экан, алоида диний концепцияга этиёж борми? Бу концепция диний соадаги эркинликларни кенгайтирадими ё аксинча, янада чеклайдими? Умуман, «Ўзбекистон Республикасида фуароларнинг виждон эркинлигини таъминлаш ва диний соадаги давлат сиёсати концепциясини тасдилаш тўрисида» деб аталаётган онундан кўзланган масад нима? Ўзбекистонлик инсон уулари фаоли Абдурамон Ташанов амда АШ да яшаётган журналист, Ўзбекистон парламенти соби депутати Жаонгир Маматов билан шу ада гаплашдик. Ozodlik kanaliga obuna bo'ling!
Bizga xabar yo'llash uchun
Prezident Mirziyoyevning O‘zbekistonda “Diniy konsepsiya”ni belgilab beruvchi qonunni imzolashi kutilmoqda. Diniy erkinliklarni kengaytirish va’dasi bilan hokimiyatga kelgan va Karimov davrida qamoqqa tashlangan diniy mahkumlarni ozodlikka chiqargani uchun olqishlangan Mirziyoyev uchun diniy erkinliklar - siyosiy legitimlik masalasi hamdir. Mirziyoyev diniy sohada qonunchilikni bir qadar o‘zgartirdi, ammo davlatning din ustidan qat’iy nazorati saqlanib qoldi. Ro‘mol va soqolga cheklovlar, Islomning rasman ruxsat etilgan o‘zanidan tashqaridagi musulmonlarga bosimlar so‘nggi paytlarda yanada kuchaygani kuzatilmoqda. Diniy ta’limga hanuz erkinlik berilmadi. Konstitutsiya va qonunda diniy erkinliklar kafolatlangan ekan, alohida diniy konsepsiyaga ehtiyoj bormi? Bu konsepsiya diniy sohadagi erkinliklarni kengaytiradimi yo aksincha, yanada cheklaydimi? Umuman, «O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida» deb atalayotgan qonundan ko‘zlangan maqsad nima? O‘zbekistonlik inson huquqlari faoli Abdurahmon Tashanov hamda AQSH da yashayotgan jurnalist, O‘zbekiston parlamenti sobiq deputati Jahongir Mamatov bilan shu haqda gaplashdik. #ozodlik #uzbekistan #tashkent #yangiliklar #mirziyoyev #shavkatmirziyoyev #qonun #sud #qamoq #musulmon