Ўзбекистоннинг яин тарихидаги энг шов-шувли сиёсий отиллик сифатида кўрилаётган президент Мирзиёев администрациясининг соби мулозими Комил Алламжоновга суиасддан арийб уч афта ўтиб, илк бор номи Озодлик суриштирувида янграган Жавлон Юнусов Жанубий Кореяда ушлангани ўртага чимода. Комил Алламжоновга суиасд гумондорларининг изи Ўзбекистондан минглаб чаирим масофадаги Корея ярим оролига адар узаяркан, Чеченистон рабари Рамзан одиров суиасдда “чечен изи” борлигини рад этиб чиди. Озодликнинг янги суриштирувида ибрайдаги суиасд одисасига оид янги тафсилотлар билан танишасиз. Суриштирувда, жумладан, уйидаги саволларга жавоб изланади: Ўа тутилган “Range Rover” айдовчиси ва Алламжоновнинг ўричилари нима учун 15 суткага амалди? ибрайдаги суиасд ортидан UZB серияли давлат раамлари нега йииштириб олиняпти? Чеченистон рабари Рамзан одиров нимадан хавотирда? Ozodlik kanaliga obuna bo'ling!
Bizga xabar yo'llash uchun
O‘zbekistonning yaqin tarixidagi eng shov-shuvli siyosiy qotillik sifatida ko‘rilayotgan prezident Mirziyoyev administratsiyasining sobiq mulozimi Komil Allamjonovga suiqasddan qariyb uch hafta o‘tib, ilk bor nomi Ozodlik surishtiruvida yangragan Javlon Yunusov Janubiy Koreyada ushlangani o‘rtaga chiqmoqda. Komil Allamjonovga suiqasd gumondorlarining izi O‘zbekistondan minglab chaqirim masofadagi Koreya yarim oroliga qadar uzayarkan, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov suiqasdda “chechen izi” borligini rad etib chiqdi. Ozodlikning yangi surishtiruvida Qibraydagi suiqasd hodisasiga oid yangi tafsilotlar bilan tanishasiz. Surishtiruvda, jumladan, quyidagi savollarga javob izlanadi: O‘qqa tutilgan “Range Rover” haydovchisi va Allamjonovning qo‘riqchilari nima uchun 15 sutkaga qamaldi? Qibraydagi suiqasd ortidan UZB seriyali davlat raqamlari nega yig‘ishtirib olinyapti? Checheniston rahbari Ramzan Qodirov nimadan xavotirda? #ozodlik #uzbekistan #tashkent #yangiliklar #saidamirziyoyeva #shavkatmirziyoyev #komilallamjonov #suiqasd #otabekumarov #surishtiruv #ozodliksurishtiruvi #shahnozamirziyoyeva