Ortiq Otajonovning izdosh va shogirdlari bilan suhbat | "Xushvaqt" | "Хушват" (27.05.2023)

 

Hamisha “Xushvaqt” bo‘ling! Inson hamisha vaqtini chog‘ o‘tkazgisi keladi. Kayfiyati ko‘taringki bo‘lgan kishining ishi doim yurishadi. Bir-biriga tabassum bilan boqqan qanday yaxshi. Pozitiv bo‘lish har doim a’lo. Televideniyening vazifalaridan biri ham ekran orqali kulgu, tabassum va xush kayfiyat ulashish. Shuning uchun ko‘ngilochar ko‘rsatuvlar tomoshabini hamisha ko‘p bo‘ladi. “Mahalla” telekanalidagi“Xushvaqt” ko‘rsatuvi bu vazifani uddalab kelmoqda. Unda Siz sog‘ingan san’atkorlar tomonidan dilga yaqin qo‘shiqlar ijro etiladi. Ko‘p yillik tajribaga ega, mahoratli boshlovchi Tolibjon Isroilov esa vaqtingizni xush o‘tkazishga chorlab turadi. "Xushvaqt" ko'rsatuvining ushbu soni taniqli xonanda, O'zbekiston, Qoraqalpog'iston va Turkamniston xalq artisti Ortiq Otajonovning porloq xotirasiga bag'ishlangan. Ko'rsatuvda marhum hofizning izdosh va shogirdlari ishtirok etishdi. #mahalla #tv #uzbekistan #mtrk #ortiqotajonov #music #youtubeshorts #instagram #shoubiznes #show #television #uzbekvideo