Yangi O‘zbekiston qanchaga qurilmoqda?

 

Президент Шавкат Мирзиёев укмронлиги давридаги йирик урилишлар Ўзбекистон иёфасини ўзгартирмода. "Мега-лойиалар" натижасида ар йили давлат бюджети исобидан янги музейлар, спорт шаарчалари, аэропортлар ва маъмурий бинолар барпо этиляпти. Расмийлар буни “Янги Ўзбекистоннинг янги иёфаси”, “тарихий ислоотлар меваси” сифатида тадим этмода. Бу урилишлар давлатнинг таши арзлари ортиб бораётган ва аоли ашшолашуви манзарасида кечаётгани танидларга сабаб бўлмода. Миллиардлаб мабла талаб илаётган ушбу лойиалар юзасидан очи саволлар кўпаймода: харажатлар тўли эълон илинмайди, тендер жараёнлари шаффоф эмас, устувор этиёжлар — мактаб, шифохона ва йўлларнинг аволи эса кўп олларда четда олмода. Ozodlik kanaliga obuna bo'ling!
Bizga xabar yo'llash uchun
Prezident Shavkat Mirziyoyev hukmronligi davridagi yirik qurilishlar O‘zbekiston qiyofasini o‘zgartirmoqda. "Mega-loyihalar" natijasida har yili davlat budjeti hisobidan yangi muzeylar, sport shaharchalari, aeroportlar va ma’muriy binolar barpo etilyapti. Rasmiylar buni “Yangi O‘zbekistonning yangi qiyofasi”, “tarixiy islohotlar mevasi” sifatida taqdim etmoqda. Bu qurilishlar davlatning tashqi qarzlari ortib borayotgan va aholi qashshoqlashuvi manzarasida kechayotgani tanqidlarga sabab bo‘lmoqda. Milliardlab mablag‘ talab qilayotgan ushbu loyihalar yuzasidan ochiq savollar ko‘paymoqda: xarajatlar to‘liq e’lon qilinmaydi, tender jarayonlari shaffof emas, ustuvor ehtiyojlar — maktab, shifoxona va yo‘llarning ahvoli esa ko‘p hollarda chetda qolmoqda. #ozodlik #uzbekistan #tashkent #yangiliklar #ozodnews #mirziyoyev #o‘zbekiston #shavkatmirziyoyev #xabarlar #uzbek