Henry Ford (30-iyul, 1863 – 7-aprel, 1947) — Ford Motor Company Amerika korxonasining asoschisi va ommaviy sanoatda qo‘llanadigan zamonaviy yig‘ish chiziqlarining otasi. 1879-yildan Deytroytda mexanik shogirdi. 1893-yildan "Edison ilyumineyting kompani", 1899—1902-yillarda "Deytroyt avtomobil kompani" bosh muhandisi. 1892—93 yillarda o‘zining birinchi 4 taktli ichki yonuv dvigateliga ega bo‘lgan (4 o.k.) avtomobilini yaratdi. 1903-yilda "Ford Motor" kompaniyasiga asos soldi. Keyinchalik bu kompaniya jahondagi eng yirik avtomobil kompaniyalardan biriga aylandi. O‘z zavodlarida standartlashtirish va konveyerpotok usulini keng qo‘lladi, mehnatni intensivlash orqali yuqori mehnat unumdorligini ta’minlashga erishdi. Keyinchalik mehnatni tashkil etishning F. qo‘llagan tizimi va uning qarashlari tarixga fordizm nomi bilan kirdi. Mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etish to‘g‘risidagi o‘z qarashlari va tajribalarini "Mening hayotim va ishim" (1922); "Bugun va erta" (1926); "Olg‘a harakat" (1930) kitoblarida bayon etgan. Hurmatli birodarlar va opa-singillar, ushbu videoda biz jamoatchiligimizga baham ko'rish uchun Genri Fordning eng sara dono so‘zlarini to'pladik. Iltimos, videoni kengroq auditoriyaga tarqatish uchun yaqinlaringiz bilan bo'lishing, ko'ring, like bosing va izoh qoldiring. Kanalimizga obuna bo'ling. Bizning boshqa You Tube Kanallarimiz O'zbek Milliy obidalari hamda Turizm va Sayyohlik haqidagi kanal - @JavlonMajidovBrightTape Sizni rizvon sair yetaklovchi kanal - @rizvonsari Diniy Ilm va Juma Ma'ruzalari - Oyna uztv Kanali - https://www.youtube.com/channel/UCrtr...
#iqtiboslar #цитаты #basriy