“Sudraluvchi ekspansiya”: Fermerlarning minglab gektar yeri xitoyliklarga berib yuborildi

 

Андижон вилоятида юзлаб фермернинг суориладиган ери мажбуран давлат захирасига олиниб, хитойлик тадбиркорларга берилди.   Юзлаб фермер ички ишлар ва прокуратура босими остида гўёки ўз ихтиёрлари билан тасарруфидаги ерларнинг бир исмини давлат захирасига ажратиш аида ариза ёзди. Биргина Андижон вилоятининг ўзида сўнгги икки йилда Хитой билан ўнлаб ўшма корхона барпо этилди. Хитой миллиардлаб доллар инвестиция киритаётгани айтилди. Хитойликлар, мааллий окимларнинг сўзларига кўра, гўёки пластик ишлаб чиарувчи завод уриб, аолини иш билан таъминламочи. ашадарё вилоятида ўн минглаб гектар ер хитойлик тадбиркорга пахта экиш учун ижарага берилди. Айни пайтда бу удуддан ер остидан сув чиариш ва инфратузилма яратиш ишлари авжида.  Ўзбекистон бўйлаб уч ярим мингдан орти Хитой билан амкорликдаги ўшма корхона фаолият юритмода. Сиртдан олиб араганда Хитой инвестицияси янги саноат корхоналарининг пайдо бўлишига, ишчи ўринларининг яратилишига, янги технологияларнинг кириб келишига сабаб бўлаётгандек кўринади. Аммо, экспертлар фикрича, Хитойдан олган катта арзлари ва бу арзларни тўлай олмаслик эвазига хитойлик тадбиркорларга Ўзбекистон дарвозларини ланг очиб ўйишнинг хавотирли томонлари ам бор. Хўш, Ўзбекистон Хитой экспансиясига дош бера оладими, у удратли давлатнинг “итисодий опон”ига тушиб олмайдими? Ozodlik kanaliga obuna bo'ling!
Bizga xabar yo'llash uchun
Andijon viloyatida yuzlab fermerning sug‘oriladigan yeri majburan davlat zaxirasiga olinib, xitoylik tadbirkorlarga berildi. Yuzlab fermer ichki ishlar va prokuratura bosimi ostida go‘yoki o‘z ixtiyorlari bilan tasarrufidagi yerlarning bir qismini davlat zaxirasiga ajratish haqida ariza yozdi. Birgina Andijon viloyatining o‘zida so‘nggi ikki yilda Xitoy bilan o‘nlab qo‘shma korxona barpo etildi. Xitoy milliardlab dollar investitsiya kiritayotgani aytildi. Xitoyliklar, mahalliy hokimlarning so‘zlariga ko‘ra, go‘yoki plastik ishlab chiqaruvchi zavod qurib, aholini ish bilan ta’minlamoqchi. Qashqadaryo viloyatida o‘n minglab gektar yer xitoylik tadbirkorga paxta ekish uchun ijaraga berildi. Ayni paytda bu hududdan yer ostidan suv chiqarish va infratuzilma yaratish ishlari avjida. O‘zbekiston bo‘ylab uch yarim mingdan ortiq Xitoy bilan hamkorlikdagi qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda. Sirtdan olib qaraganda Xitoy investitsiyasi yangi sanoat korxonalarining paydo bo‘lishiga, ishchi o‘rinlarining yaratilishiga, yangi texnologiyalarning kirib kelishiga sabab bo‘layotgandek ko‘rinadi. Ammo, ekspertlar fikricha, Xitoydan olgan katta qarzlari va bu qarzlarni to‘lay olmaslik evaziga xitoylik tadbirkorlarga O‘zbekiston darvozlarini lang ochib qo‘yishning xavotirli tomonlari ham bor. Xo‘sh, O‘zbekiston Xitoy ekspansiyasiga dosh bera oladimi, u qudratli davlatning “iqtisodiy qopqon”iga tushib qolmaydimi? #ozodlik #uzbekistan #tashkent #yangiliklar #uzbek #xitoy #ekspansiya