Ўзбек блогери Кобулнинг хавфли йўлида ўлга тушди. Афон сафари 6 исм

 

Yo‘limizdan o‘ziga xos bezatilgan yuk mashinalari chiqaverdi. Kobulga yaqinlashganimiz sari yuk mashinalari ko‘paydi. Poytaxtga turli mahsulotlar kelmoqda. Yo‘lda bolalar non sotayotganiga guvoh bo‘ldik. Afg‘on nonini tatib ko‘rdik. Yo‘lda davom etar ekanmiz kech tushganini ham deyarli bilmadik. Chori kor degan joyda yurgan ekanmiz Kobulga yaqinlashgach benzin quyishga to‘xtadik. Ularning benziniga O‘zbekistondan olib borgan aktanni qo‘shdim. Nihoyat Kobul shahriga yetib keldik. O‘z tarixida ko‘plab urushlarni ko‘rgan poytaxt shaharda buyuk bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur tarixda bog‘ barpo qilganini, va aynan shu yerda mangu ko‘nim topganini bilasizmi ? Keyingi ko‘rsatuvlarimiz aynan Kobul shahridan bo‘ladi. O‘tkazib yubormay desangiz, kanalga obuna bo‘lishni va videoga layk tugmasini bosishni unutmang.