Hi-Fi bolakay (o'zbek film) 2011 4K

 

Àziz oilada bitta o'g'il bo'lib, birgina singlisi bor. Bolaligidan erkatoy va takasaltang bo'lib voyaga yetgan. Qarindoshining firmasida ishlagani uchun, ish ham unga bemalol bo'lib, doim do'stlari bilan diskoteka, kafelarda yurishdan bo'shamaydi. Ota-onasining boshi qotgan. Bir kuni tasodifan uning mashinasiga milliy kiyimdagi boshiga do'ppi kiyib olgan bir qishloqlik qiz o'tirib oladi va mashinani tez haydab, u yerdan ketishni iltimos qiladi. Àziz hayron bo'ladi va qizning ismini so'raydi. Qizning ismi Àziza edi. U buvisining yoniga kelganini aytib, Àzizni buvisinikiga olib borib qo'yishga ko'ndiradi. Àfsuski, uning buvisi G'azalkentda edi. Àslida Àzizani turmushga berishayotgan va u ammalari bilan Toshkentga kerakli sarpolarni xarid qilishga kelgan edi. Turmushga chiqishni istamagani uchun buvisiniga qochib ketishni rejalashtirgan edi. Uni yo'qotib qo'ygan ammalari to'g'ri Ichki ishlar bo'limiga murojaat qilishadi. Bu yoqda esa, Àziz u bilan birga G'azalkentga yo'l oladi. Àziz va Àziza o'zlarini oldinda qanday muammo va sarguzashtlar kutib turganligidan bexabar edilar... Ssenariy muallifi: Nargiza Salom Postanovkachi-rejisser: Nargiza Salom Postanovkachi-operator: Zafar Inomjonov, Hayot Hamrayev Bastakor: Doniyor Agzamov Rollarda: Alisher Uzoqov, Shirin Ismoilova, Otabek Musayev, Zuhra Ashurova, Nozim To‘laxo‘jayev, Shafoat Rahmatullayeva, Zuhra Soliyeva, Halima Ibragimova, Jumadulla Rametov RizaNova ilovasini yuklab oling @
Obuna bo'ling @    / rizanovauz   RizaNova @ Instagram   / rizanovauz   RizaNova @ Telegram