Saida Mirziyoyeva: Saylanmagan, ammo siylangan prezidentning to‘ng‘ichi

 

Отасининг президентлиги билан бир ватда сиёсий санада пайдо бўлган президентнинг тўничи Саида Мирзиёева Ўзбекистон окимиятида иккинчи одамга айланганига роппа роса бир йил тўлди. Ушбу сана арафасида отаси уни яна бир маом билан сийлади. Мамлакатнинг ўтган йили бўлгинчилик бўй кўрсатган удуди ораалпоистоннинг назорати Саида Мирзиёевага топширилди. Президент отаси администрациясининг амалдаги рабари этиб тайинланганидан бир йил ўтиб, Саида Мирзиёева минтаа рабарлари билан тўридан-тўри музокара олиб бормода. Унинг Остонага ташрифи муносабати билан озо нашрлари мамлакатнинг яин тарихидаги удратли биринчи президенти Нурсултон Назарбоев амда унинг этимолий меросхўри деб кўрилган изи Дариа Назарбоевани ёдга олди. Бундай параллел минтаанинг боша давлатлари учун ам хос ва мос. Марказий Осиёнинг авторитар рабарлари ўз фарзандларини окимият давомчилари сифатида кўришади. Аммо бу орзунинг рўёбга чииши учун фаатгина авторитар ўшниларнинг хайрхолиги етарли эмас. Ozodlik kanaliga obuna bo'ling!
Bizga xabar yo'llash uchun
Otasining prezidentligi bilan bir vaqtda siyosiy sahnada paydo bo‘lgan prezidentning to‘ng‘ichi Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston hokimiyatida ikkinchi odamga aylanganiga roppa rosa bir yil to‘ldi. Ushbu sana arafasida otasi uni yana bir maqom bilan siyladi. Mamlakatning o‘tgan yili bo‘lginchilik bo‘y ko‘rsatgan hududi Qoraqalpog‘istonning nazorati Saida Mirziyoyevaga topshirildi. Prezident otasi administratsiyasining amaldagi rahbari etib tayinlanganidan bir yil o‘tib, Saida Mirziyoyeva mintaqa rahbarlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokara olib bormoqda. Uning Ostonaga tashrifi munosabati bilan qozoq nashrlari mamlakatning yaqin tarixidagi qudratli birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev hamda uning ehtimoliy merosxo‘ri deb ko‘rilgan qizi Darig‘a Nazarboyevani yodga oldi. Bunday parallel mintaqaning boshqa davlatlari uchun ham xos va mos. Markaziy Osiyoning avtoritar rahbarlari o‘z farzandlarini hokimiyat davomchilari sifatida ko‘rishadi. Ammo bu orzuning ro‘yobga chiqishi uchun faqatgina avtoritar qo‘shnilarning xayrxohligi yetarli emas. #ozodlik #uzbekistan #tashkent #yangiliklar #saidamirziyoyeva #shavkatmirziyoyev